
2 xonali kvartira sotiladi, 45 m²
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 19.11.2026 | E'lon qilingan | $84,000 |
Tavsif
Toshkent shahri Yashnobod tumanida, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan Golden House kompaniyasining zamonaviy ASSALOM SOHIL turar joy majmuasida shinam 2 xonali xonadon sotiladi. Komfort-klass toifasidagi majmua zamonaviy arxitekturasi, obodonlashtirilgan va qo‘riqlanadigan hududi, videokuzatuv tizimi, bolalar va sport maydonchalari, yashil dam olish maskanlari, Qorasuv kanali bo‘ylab sayr qilish uchun mo‘ljallangan sohil yo‘lagi hamda avtoturargoh joylari bilan ajralib turadi. Hudud infratuzilmasi yaxshi rivojlangan: yaqin atrofda 158-sonli maktab, 553-sonli bolalar bog‘chasi, shuningdek, turar joy majmuasi hududida qurilishi rejalashtirilgan o‘z maktabi va bolalar bog‘chasi mavjud. Kundalik xaridlar uchun Makro, Sohil Market, Assorti Market supermarketlari, Guruch bozori va Magnit savdo markazi yaqin joylashgan. Tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun 3-sonli oilaviy poliklinika, Toshkent xalqaro klinikasi, Universal Lider, Avisa Med Servis va Vostok Med Giruda tibbiyot muassasalari mavjud. Dam olish va sayr qilish uchun Do‘stlik bog‘i, Furqat nomidagi bog‘ va Ashxobod bog‘i yaqin. Shuningdek, hududda kafe va restoranlar, dorixonalar, fitnes markazlari hamda kundalik hayot uchun zarur boshqa infratuzilma obyektlari joylashgan. Farg‘ona yo‘lidagi qulay joylashuvi transport qatnovini osonlashtiradi: «Toshkent» metro bekatigacha avtomobilda taxminan 10 daqiqada yetib borish mumkin. Oilaviy yashash, shuningdek, investitsiya qilish va ijaraga berish uchun ajoyib tanlov!