
4 xonali kvartira sotiladi, 100 m²
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 03.11.2026 | E'lon qilingan | $140,000 |
Tavsif
Uchtepa tumani, Chilonzor-25 mavzesida joylashgan zamonaviy 4 xonali, barcha qulayliklarga ega xonadon. Hudud infratuzilmasi juda rivojlangan: yaqin atrofda umumta’lim maktablari, davlat va xususiy bolalar bog‘chalari, turli ta’lim markazlari mavjud. Kundalik ehtiyojlar uchun Farhod dehqon bozori, Havas supermarketi, oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalar joylashgan. Ovqatlanish uchun turli milliy taomlar taklif qiluvchi kafe va restoranlar mavjud. Shuningdek, Farhod savdo majmuasi, Abu Saxiy savdo markazi, banklar, bankomatlar va turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari yaqin joylashgan. Jamoat transporti uchun 2-, 9T-, 13-, 17T-, 41-, 56-, 70-, 113-, 127- va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari mavjud. Dam olish va sayr qilish uchun Seul ekoparki yaqin joylashgan. Oilaviy yashash uchun barcha zarur infratuzilmaga ega, qulay va rivojlangan hudud!