
2 xonali kvartira sotiladi, 44 m² — Yashnobod
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 07.11.2026 | E'lon qilingan | $87,500 |
Tavsif
Toshkent shahri Yashnobod tumanida, UzBUM mo‘ljalida, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan zamonaviy O'Z ZAMIN turar joy majmuasida shinam 2 xonali xonadon sotiladi. Xonadon oila, yosh juftlik uchun qulay yashash joyi yoki daromadli investitsiya sifatida ajoyib tanlov bo‘ladi. Golden House kompaniyasi tomonidan qurilgan turar joy majmuasi zamonaviy arxitekturasi, monolit konstruksiyasi va qulay joylashuvi bilan ajralib turadi. Xonadon qulay rejalashtirilgan bo‘lib, majmua hududida obodonlashtirilgan hovli, bolalar va sport maydonchalari, dam olish zonalari, yerosti va ochiq avtoturargohlar mavjud. Hududning rivojlangan infratuzilmasi asosiy afzalliklardan biridir: yaqin atrofda 52-sonli maktab, Profi School, 231-sonli maktab, 55-sonli va 345-sonli bolalar bog‘chalari, Korzinka va Korzinka Mahalla supermarketlari, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, kafelar hamda kundalik hayot uchun zarur boshqa obyektlar joylashgan. Qulay harakatlanish uchun jamoat transporti bekatlari va “Do‘stlik” metro bekati ham yaqin masofada joylashgan bo‘lib, poytaxtning boshqa tumanlariga tez va qulay yetib borish imkonini beradi. Savdo markazlari, tibbiyot muassasalari va oilaviy dam olish maskanlari ham transport orqali qulay masofada joylashgan. Qulay joylashuvi, rivojlangan infratuzilmasi va kundalik hayot uchun zarur barcha obyektlarning uyga yaqinligi ushbu xonadonni xarid qilish uchun jozibador taklifga aylantiradi. Qo‘ng‘iroq qiling va xonadonni ko‘rishga keling!