
2 xonali kvartira sotiladi, 43 m²
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 05.11.2026 | E'lon qilingan | $90,000 |
Tavsif
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida, Parkent koʻchasida joylashgan NRG-BI kompaniyasining zamonaviy "Sad’O Comfort" turar joy majmuasida shinam 2 xonali xonadon sotiladi. Turar joy majmuasi zamonaviy meʼmorchilik, obodonlashtirilgan hudud va yashash uchun qulay sharoitlari bilan ajralib turadi. Majmua hududida avtomobilsiz yopiq hovli, 24/7 kuzatuv kameralari, zamonaviy bolalar maydonchalari, koʻkalamzorlashtirilgan sayr zonalari, hordiq chiqarish joylari, sport workout-zonasi hamda oila va doʻstlar bilan muloqot qilish uchun shinam hududlar koʻzda tutilgan. Aholi qulayligi uchun yerusti va yerostiy avtoturargohlari, velosipedlar hamda bolalar arabachalari (kolyaska)ni saqlash uchun maxsus xonalar va omborxonalar (kladovka) mavjud. Majmuaning birinchi qavatlarida doʻkonlar, kafelar va boshqa xizmat koʻrsatish obʼektlari uchun tijorat joylari ajratilgan. Parkent, Mahtumquli va Yangi Oʻzbekiston koʻchalari kesishmasida joylashgan qulay oʻrni shaharning turli qismlariga qulay chiqish va yaxshi transport qatnovini taʼminlaydi. Tumanda supermarketlar, oziq-ovqat doʻkonlari, dorixonalar, kafelar va restoranlar bor. Bolali oilalar uchun Yashnobod tumanining umumtaʼlim maktablari va bolalar bogʻchalari mavjud. Yaqin atrofda tibbiyot muassasalari, jumladan, Milliy bolalar tibbiyot markazi va boshqa ijtimoiy infratuzilma obʼektlari joylashgan. "Yashnobod" metro bekatiga mashinada yoki jamoat transportida yetib olish mumkin. Xonadon yosh oila, bir kishi uchun yoki keyinchalik ijaraga berish investitsiyasi uchun ajoyib variant boʻladi. Zamonaviy turar joy majmuasi, xavfsiz hudud, yashil hordiq chiqarish zonalari va tumanning rivojlangan infratuzilmasi kundalik hayot uchun qulay sharoitlarni yaratadi.