
2 xonali kvartira ijaraga beriladi, 65 m²
Narx tarixi
| 16.11.2026 | E'lon qilingan | $800/oy |
Tavsif
Yunusobod tumanida, Manzara City turar joy majmuasida joylashgan zamonaviy, shinam va barcha qulayliklarga ega 2 xonali xonadon. Xonadon infratuzilmasi rivojlangan, yashash uchun qulay va osoyishta hududda joylashgan. Yaqin atrofda 63-sonli va 53-sonli umumta’lim maktablari, turli xususiy ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari hamda 366-sonli, 301-sonli va 532-sonli davlat bolalar bog‘chalari, shuningdek, AMANA KIDS va MAQSAD KIDS xususiy bog‘chalari mavjud. Kundalik ehtiyojlar uchun Korzinka supermarketi, Havas, oziq-ovqat do‘konlari va savdo shoxobchalari xizmat ko‘rsatadi. Dorixonalardan GrandPharm, Dori-Darmon va boshqa dorixonalar mavjud. Ovqatlanish uchun Sezam Garden restorani, Gunes Restaurant, Fish and Bread hamda boshqa kafe va milliy taomlar maskanlari xizmat ko‘rsatadi. Tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun 52-sonli oilaviy poliklinika, Yunusobod Medical Center, Prof Med Service va boshqa tibbiyot markazlari, stomatologiya klinikalari yaqin joylashgan. Shuningdek, sport maydonchalari, dam olish maskanlari, Chinobod sanatoriysi, banklar, bankomatlar va turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud. Jamoat transporti bekatlariga qulay masofada joylashgan bo‘lib, avtobuslar orqali Shahriston va Yunusobod metro bekatlariga hamda shaharning boshqa hududlariga borish mumkin