
1 xonali kvartira sotiladi, 29 m²
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 05.11.2026 | E'lon qilingan | $59,000 |
Tavsif
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Golden House kompaniyasining zamonaviy "Assalom Sohil" turar joy majmuasida shinam 1 xonali xonadon sotiladi. Turar joy majmuasi zamonaviy meʼmorchilik, obodonlashtirilgan hudud va yashash uchun qulay sharoitlari bilan ajralib turadi. Hududda bolalar va sport maydonchalari, sayr zonalari, hordiq chiqarish joylari hamda avtoturargoh oʻrinlari koʻzda tutilgan. Majmuaning Fargʻona yoʻli koʻchasida qulay joylashgani yaxshi transport qatnovini taʼminlaydi. Yaqin atrofda Makro supermarketi, "Guruch bozori" (Risoviy), Magnit savdo markazi, oziq-ovqat doʻkonlari, dorixonalar, kafelar va restoranlar joylashgan. Bolali oilalar uchun atrofdan №158-sonli umumtaʼlim maktabi va №553-sonli bolalar bogʻchasi oʻrin olgan. Shuningdek, tumanda tibbiyot muassasalari, jumladan, №3-sonli oilaviy poliklinika hamda Universal Lider va Avisa Med Servis xususiy klinikalar bor. Sayr qilish va ochiq havoda hordiq chiqarish uchun "Doʻstlik" parki va Furqat nomidagi park juda mos keladi. Eng yaqin "Texnopark" metro bekati mashinada taxminan 7–10 daqiqalik yoʻl masofasida joylashgan. Turar joy majmuasi shahar infratuzilmasining qulayligi, shinam yashash muhiti va kundalik ehtiyoj obʼektlarining yaqinligini oʻzida mujassam etadi. Bir kishi, yosh oila uchun yoki keyinchalik ijaraga berish investitsiyasi uchun ajoyib variantdir.