
Yer uchastkasi sotiladi, 10 sotix — Yunusobod
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 07.11.2026 | E'lon qilingan | $330,000 |
Tavsif
Yunusobod tumanida, Chala Qozo mo‘ljalida joylashgan 10 sotix yer maydoniga ega hashamatli uchastka sotiladi. Umumiy qurilish maydoni 1 000 m² bo‘lgan uy karobka holatida bo‘lib, kelajakdagi egasiga o‘z didi va loyihasiga mos ravishda ta’mirlash hamda interyer yaratish imkoniyatini beradi. Hududda yashash uchun zarur infratuzilma shakllangan: yaqin atrofda 185-sonli umumta’lim maktabi, 395, 432 va 441-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Baby Akademiya xususiy bog‘chasi, savdo do‘konlari, oziq-ovqat supermarketlari, dorixonalar va tibbiyot muassasalari mavjud. Kundalik xaridlar va oilaviy hordiq uchun savdo markazlari, kafe va restoranlardan foydalanish mumkin. Uchastka Betonkadan taxminan 1,5 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, avtomobilda harakatlanish uchun qulay. Keng yer maydoni va katta qurilish hajmiga ega ushbu ko‘chmas mulk shinam oilaviy yashash yoki o‘z loyihangiz asosida hashamatli uy barpo etish uchun yaxshi imkoniyatdir.