
3 xonali kvartira sotiladi, 75 m²
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 03.11.2026 | E'lon qilingan | $165,000 |
Tavsif
Mirobod tumani, Nukus ko‘chasida joylashgan zamonaviy 3 xonali, barcha qulayliklarga ega xonadon. Hudud infratuzilmasi juda rivojlangan: yaqin atrofda 94-, 110- va 145-sonli umumta’lim maktablari, bolalar bog‘chalari, Prezident maktabi hamda turli xususiy ta’lim markazlari mavjud. Kundalik ehtiyojlar uchun Korzinka, Makro supermarketlari, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar va zamonaviy tibbiyot markazlari joylashgan. Ovqatlanish uchun Afsona, Caravan, Socials, Bon!, Breadly va boshqa mashhur restoran hamda kafelar mavjud. Shuningdek, Mirobod bozori, Next savdo-ko‘ngilochar markazi, banklar va turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari yaqin joylashgan. Oybek va Ming O‘rik metro bekatlari hamda jamoat transporti bekatlariga qulay masofada. Dam olish va sayr qilish uchun Ashxobod bog‘i va Do‘stlik bog‘i yaqin joylashgan. Oilaviy yashash uchun barcha zarur infratuzilma mujassam bo‘lgan, markaziy va qulay hudud!