
1 xonali kvartira sotiladi, 30 m²
Oylik to'lov
20% boshlang'ich · yiliga 8% · 20 yil
Narx tarixi
| 19.11.2026 | E'lon qilingan | $50,000 |
Tavsif
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan zamonaviy ASSALOM JOMIY turar joy majmuasida 1 xonali xonadon sotiladi. Turar joy majmuasi obodonlashtirilgan hududi, zamonaviy bolalar va sport maydonchalari, yashil dam olish maskanlari, sayr yo‘laklari hamda yashash uchun qulay sharoitlari bilan ajralib turadi. Hudud infratuzilmasi yaxshi rivojlangan: yaqin atrofda 20, 28, 119, 133, 146, 150 va 159-sonli umumta’lim maktablari, Cambridge International School, arxitektura litseyi hamda TASI litseyi joylashgan. Bolali oilalar uchun 12, 16, 35, 206, 301, 460 va 486-sonli bolalar bog‘chalari, shuningdek, Mini Force, Erkatoy Kichkintoy, Bombini Felice va Mickey Mouse xususiy bog‘chalari mavjud. Piyoda yoki transport orqali Jomiy bozori, Olmazor Market, Most Market, Korzinka va Mercato supermarketlari, Jomiy qurilish bozori, kafe, restoranlar, dorixonalar hamda turli do‘konlarga borish qulay. Shuningdek, yaqin hududda 1, 4 va 7-sonli shahar shifoxonalari, 20, 42, 51 va 52-sonli oilaviy poliklinikalar, Diason, Parents Holiday, Immuno C va U-Clinic tibbiyot markazlari joylashgan. Dam olish va sayr qilish uchun Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘, G‘alaba bog‘i, Toshkent akvaparki va Toshkentlend istirohat bog‘i mavjud. Qulay transport qatnovi, rivojlangan ijtimoiy infratuzilma, ta’lim va tibbiyot muassasalarining yaqinligi ushbu hududni yashash uchun jozibador qiladi. Xonadon shaxsiy yashash, shuningdek, investitsiya kiritish va ijaraga berish uchun ajoyib tanlov. ASSALOM JOMIY — rivojlangan infratuzilmaga ega hududda qulay hayot!