
2 xonali kvartira ijaraga beriladi, 60 m²
Narx tarixi
| 16.11.2026 | E'lon qilingan | $800/oy |
Tavsif
Mirobod tumanida, Shimoliy vokzal (Severniy vokzal) yaqinida joylashgan zamonaviy, shinam va barcha qulayliklarga ega 2 xonali xonadon. Xonadon infratuzilmasi rivojlangan, yashash uchun qulay va osoyishta hududda joylashgan. Yaqin atrofda 294-sonli umumta’lim maktabi, 2-sonli temiryo‘l transporti akademik litseyi, Tashkent International School, Westminster International University hamda turli xususiy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlari mavjud. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan 135-sonli, 162-sonli va 174-sonli davlat bolalar bog‘chalari, shuningdek, boshqa xususiy bog‘chalar joylashgan. Kundalik ehtiyojlar uchun Mirobod bozori, Korzinka supermarketi, oziq-ovqat do‘konlari va savdo shoxobchalari xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, dorixonalar va turli maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud. Ovqatlanish uchun Safia, Sheff Bistro, Samarqandcha kafesi, Kitay restorani va boshqa kafe hamda milliy taomlar maskanlari xizmat ko‘rsatadi. Tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun Temiryo‘lchilar poliklinikasi, xususiy klinikalar va stomatologiya markazlari yaqin joylashgan. Shuningdek, Lokomotiv bog‘i, sport maydonchalari, dam olish maskanlari, banklar, bankomatlar va turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud. Jamoat transportiga juda qulay joylashgan bo‘lib, Shimoliy vokzal va Toshkent metro bekati orqali shaharning boshqa hududlariga hamda boshqa viloyatlarga borish imkoniyati mavjud